Sankt-Peterburgda 42 yoshli o‘zbekistonlikning jasadi topildi
Olam
−
06 iyun 2019
4154Joriy yilning 3 iyun kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Petrograd tumanidan 1977 yil 1 aprel kuni tug‘ilgan o‘zbekistonlik Oybek Bekchanovich Allanazarovning jasadi topilgan.
Qayd etilishicha, ayni paytda tergov organlari tomonidan mazkur holat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilyapti. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan.
LiveBarchasi