Sankt-Peterburgda millatni aniqlaydigan kameralar o‘rnatildi

Olam

image
O‘zbekistonlik migrantlarga Sankt-Peterburgda kurerlik qilish ham taqiqlandi north_east

O‘zbekistonlik migrantlarga Sankt-Peterburgda kurerlik qilish ham taqiqlandi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri ko‘chalarida millat va irqiy belgilar bo‘yicha odamlarni kuzatadigan kameralar ishga tushirildi. Bu haqda joriy yilning 25 avgust kuni shahar hokimiyati huzuridagi Axborotlashtirish va aloqa qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Igor Nikonov ma’lum qildi.

U shahardagi bu kabi kameralar sonini aytmagan, biroq “huquqni muhofaza qiluvchi organlar yangilikdan foydalanib tegishli qarorlar qabul qilmoqda”, deya aniqlik kiritgan.

“Bizda tahlilning bir shakli bor – bir necha turdagi irqlar, millatlar va oltita ko‘rinishni tanib olish. Bu orqali biz shaharning ma’lum joylarida ma’lum millatlarning to‘planishini aniqlashimiz mumkin”, deydi Nikonov.

U deputatlarning “Xavfsiz shahar” tizimi noqonuniy mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatishda qanday ishlatilayotgani haqidagi savoliga shu tariqa javob bergan.

Ma’lumot uchun, 2024 yil yakunlariga ko‘ra, Sankt-Peterburgda migratsion o‘sish 70,5 ming kishini tashkil etgan. Bu 2023 yil (9,8 ming kishi) bilan taqqoslaganda 7,2 baravar ko‘p degani.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevralida shaharning Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi rahbari Oleg Kapitanov Sankt-Peterburg hukumati yig‘ilishida shahar bo‘ylab 8 mingta kamerani etnik mansublikni aniqlash opsiyasi bilan jihozlash rejalashtirilayotgani haqida ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Rossiya kamera

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing