Ukraina muloqotdan bosh tortsa, Rossiya masalani harbiy yo‘l bilan hal qiladi – Putin
Olam
−
09:25 3193 1 daqiqa
Agar Ukraina mojaroni hal qilish uchun mazmunli muloqotdan bosh tortsa, Rossiya hududlarni harbiy yo‘l bilan “ozod qilish”ga harakat qiladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 17 dekabr kuni Mudofaa vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida so‘z ochdi.
“Agar qarama-qarshi tomon va ularning xorijiy homiylari mazmunli muzokaralardan bosh tortsa, Rossiya o‘zining tarixiy yerlarini harbiy yo‘l bilan ozod qilishga harakat qiladi”, degan Putin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “maxsus harbiy operatsiya” maqsadlariga shubhasiz erishiladi.
Shuningdek, u Moskva diplomatiyani mojaroning asosiy sabablarini hal qilishning afzal ko‘rgan usuli sifatida ko‘rishda davom etayotganini ta’kidlagan.
4 dekabr kuni “India Today” telekanaliga bergan intervyusida Rossiya Prezidenti Rossiya Donbass va Novorossiya ustidan ham harbiy, ham boshqa yo‘llar bilan nazorat o‘rnatishga qodir ekanini aytgan edi. O‘shanda u Moskva ilgari Kiyevga Donbassdan qo‘shinlarini olib chiqishni va vaziyatning keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslikni taklif qilgani, ammo Ukraina rasmiylari harbiy harakatlarni davom ettirishni tanlaganini eslatgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya armiyasi Mirnograd shahri yaqinida Ukraina bo‘linmalarini qurshab olishga urinayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi