Sariosiyoda Gentra daryoga tushib ketdi (video)
3-sahifa
−
18 aprel 6635 1 daqiqa
Kecha, 17 aprel kuni Surxondaryo viloyatida Gentra kanalga tushib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 18:40 lar atrofida Sariosiyo tumani “Ehtirom” mahallasida Gentra haydovchisi mashinasini qo‘l tormoziga qo‘ymay shu hududdagi do‘konga kirib ketgan. Qo‘l tormoziga qo‘yilmagan avtomobil harakatlanib, ushbu mahalladan oqib o‘tuvchi “To‘palang” daryosiga tushib ketgan.
Haydovchi mazkur hodisa yuzasidan “112” tizimi orqali Surxondaryo viloyati FVBga xabar bergan. Xabarga asosan, qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, maxsus texnikalar yordamida avtomashinani daryodan chiqarib bergan. Ushbu hodisa ro‘y berganda avtomobil ichida odamlar bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Cobalt avtomashinasi kanalga tushib ketgandi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi