Saudiya Arabistonida 30 yildan beri ilk bor qor yog‘di (video)
Olam
−
10:47 17097 1 daqiqa
18 dekabr kuni Saudiya Arabistonining ayrim hududlarida kutilmagan tarzda qor yog‘di. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatning shimoli-g‘arbiy va markaziy qismlarida qor yog‘ishi kuzatilgan. Mahalliy OAV Ar-Riyod va uning atrofida qor yog‘ishini “kamyob hodisa” deb atagan. “Al Arabiya” telekanali esa bu voqeani “tarixiy” deya baholab, taxminan 30 yildan beri bunday holat qayd etilmaganini eslatgan.
Qor yog‘ishidan oldin sinoptiklar havo haroratining keskin pasayishi haqida ogohlantirgan. Shuningdek, mamlakatning ayrim hududlarida do‘l va kuchli momaqaldiroq sababli qizil va to‘q sariq darajadagi ob-havo xavfi e’lon qilingan.
Maqolada aytilishicha, arab mamlakatlarida sovuq tushishi va kuchli yomg‘irlar bilan kechayotgan kuchli ob-havo depressiyasi kuzatilmoqda, ayrim joylarda qor yog‘moqda.