Saudiyada erkak Masjidul Haramdan o‘zini tashladi (video)
Olam
−
26 dekabr 16805 1 daqiqa
Kecha, 25 dekabr kuni bir erkak Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haramning yuqori qavatidan o‘zini tashladi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligiga tayanib, “Khaleej Times” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Masjidul Haram xavfsizligini ta’minlovchi maxsus kuchlar hodisaga zudlik bilan javob bergan. Hodisa paytida yuqoridan sakragan erkakni ushlab qolishga uringan xavfsizlik xodimi jarohat olgan. Rasmiylarning bildirishicha, erkak ham, jarohatlangan xavfsizlik xodimi ham tibbiy yordam uchun shifoxonaga olib borilgan. Zarur huquqiy ishlar ham amalga oshirilgan.
“Bir shaxs Muqaddas masjidning yuqori qavatidan o‘z joniga qasd qilishga urinish holati yuz berdi”, deyiladi Masjidul Haram xavfsizlik kuchlari bayonotida.
Masjidul Haram bosh imomi Shayx doktor Abdurahmon as-Sudays hodisaga munosabat bildirib, ziyoratchilarni “qoidalar va ko‘rsatmalarga amal qilishga, muqaddas joyning hurmatini saqlashga, unda to‘g‘ri islomiy odob-axloq qoidalariga rioya etishga hamda ibodat va itoatga bag‘ishlanishga” chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonidagi bog‘da attraksion buzilib qolib, yerga qulagandi va 23 kishi jarohatlangandi. Hodisa Toif shahrida yuz bergan. Bir guruh qizlar ikki tomonga tebranuvchi attraksionda uchayotgan bo‘lgan.
Live
Barchasi