Serbiya fuqarolarini Erondan tezroq chiqib ketishga chaqirdi
Olam
−
21 fevral 1310 1 daqiqa
Bugun, 21 fevral kuni Serbiya hukumati Erondagi vaziyat yomonlashgani sababli o‘z fuqarolarini mamlakatni imkon qadar tezroq tark etishga chaqirdi. Bu haqda Serbiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot berdi.
Vazirlikka ko‘ra, yaqin kunlarda Serbiya fuqarolariga Eronga safar qilmaslik tavsiya etilgan. Hozirda ushbu mamlakatda bo‘lib turganlardan esa imkon qadar tezroq mamlakatni tark etish so‘ralgan.
Serbiya joriy yilning yanvar oyining o‘rtalarida ham fuqarolarini Eronni tark etishga va bu davlatga bormaslikka chaqirgan. O‘shanda Eron hukumati ommaviy norozilik namoyishlarini kuch bilan bostirgani aytilgandi.
So‘nggi bayonot AQSH Prezidenti Donald Trampning Eron yadroviy dasturi bo‘yicha bayonotlari ortidan yangradi. Tramp muzokaralar natija bermasa, Eronga nisbatan cheklangan harbiy zarba berish masalasi ko‘rib chiqilayotganini bildirgan. Shuningdek, u Yaqin Sharqda AQSH harbiy-dengiz kuchlarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq bergan.
Eron esa AQSH bilan yadroviy dastur bo‘yicha tezkor kelishuvga erishishga umid qilayotganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Bosh vaziri Donald Tusk Eronda bo‘lib turgan fuqarolarini mintaqadagi vaziyatning ehtimoliy keskinlashuvi fonida zudlik bilan mamlakat hududini tark etishga chaqirgandi.
Live
Barchasi