Serbiya Prezidenti iste’foga chiqishi mumkin
Olam
−
11:25 1429 1 daqiqa
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich o‘zining siyosiy faoliyati yakunlanishiga yaqinlashayotganini aytib, yaqin orada iste’foga chiqishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda N1 telekanali xabar berdi.
“Balkim men tez orada iste’foga chiqarman”, dedi Vuchich.
Shu bilan birga, u avvalgi prezident Boris Tadich kabi prezidentlik muddatini qisqartirish niyatida emasligini ta’kidladi. Uning aytishicha, prezident yoki muddat oxirigacha lavozimda qoladi, yoki iste’foga chiqadi.
Vuchich 2017 yil 31 maydan beri Serbiya Prezidenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. U 2022 yil aprelida qayta saylangan bo‘lib, ikkinchi muddat 2022 yil mayida boshlangan. Amaldagi prezidentlik muddati 2027 yil 31 mayda yakunlanadi. Serbiya Konstitutsiyasiga ko‘ra, bir shaxs ikki martadan ortiq prezident etib saylanishi mumkin emas va har bir muddat 5 yil davom etadi.
Vuchich avvalroq hokimiyatda qolish uchun Konstitutsiyani o‘zgartirmasligini ham bir necha bor ta’kidlagan. U o‘zini “siyosiy veteran” deb atab, prezidentlik faoliyatini yaqin yillarda yakunlashini aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard AQSH Prezidenti Donald Tramp nomiga iste’fo arizasini yozgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi