“Trevoga”. Litva Prezidenti dron hujumidan qochib, bunkerga yashirindi
Olam
−
20 may 8769 2 daqiqa
Joriy yilning 19 may kuni Litva Prezidenti Gitanas Nauseda va Bosh vazir Inga Ruginene Xavsizlik xizmatining dron hujumlar haqidagi ogohlantirish signalidan so‘ng hukumat a’zolari bilan maxsus bunkerga yashirindi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ogohlantirish signali poytaxt Vilnyus bo‘ylab e’lon qilingan. Shundan so‘ng, butun poytaxtda harakatlanish to‘xtatilgan. Odamlar maxsus xizmat hodimlari tomonidan xavfsiz hududlar, jumladan, yerosti metrosi va tunellarga joylashtirilgan. Butun mamlakat bo‘ylab trevoga holati e’lon qilingan. Xavo hududlari yopilib, barcha aviareyslar bekor qilingan.
Mahalliy OAVga ko‘ra, signaldan so‘ng Litva parlamenti xodimlari va deputatlar ham parlament binosidagi xavfsizlik bunkeriga yashiringan. Qayd etilishicha, o‘sha kuni Estoniya ham o‘z hududiga uchib kelayotgan Rossiyaning Ukrainaga yo‘naltirgan dronini urib tushirgan. Xavfsizlik xizmati mutaxassislarining aytishicha, trevogaga sabab bo‘lgan uchoq Ukrainaning Rossiya tomonga yo‘llagan “izidan chiqib ketgan” droni bo‘lishi mumkin.
“Mudofaa vazirligi tezkor xavfsizlik trevogasini e’lon qiladi. Darhol xavfsiz joyga yashirining, o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang. Hukumatning yangi tavsiya va ma’lumotlarini kuting,” deyiladi mamlakat Mudofaa vazirligining ogohlantirish xabarida.
Vazirlikning bildirishicha, mamlakat hududiga harbiy dron qulashi mumkinligi haqidagi xabar qo‘shni Belarus tomonidan Xavfsizlik xizmatlariga yetkazilgan. Shunindek, NATOga ko‘ra, Vilnyus shahridagi tezkor trevoga e’lon qilinganidan so‘ng tashkilot Litvaga izdan chiqqan dronni urib tushirish uchun o‘z samalyotlarini yuborgan. Ammo hech qanday dron urib tushirilmagan.
Ukraina hukumati ushbu hodisadan so‘ng “Rossiyani ataylab Ukraina dronlarini Boltiqbo‘yi davlatlariga yo‘naltirish”da ayblab, Litva va Estoniyadan keltirilgan noqulay holat uchun uzr so‘ragan.
“Bunday kutilmagan holatlar uchun do‘stlarimiz Litva va Estoniya xalqidan uzr so‘raymiz. Mudofaa kuchlarimiz bunday holat yana takrorlanmasligi uchun qo‘lidan kelganini qiladi,” deyiladi Ukraina Mudofaa vazirligi bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Latviya hududiga kelib tushgan dronlar mojarosidan so‘ng mamlakat Bosh vaziri Evika Silinya butun hukumat bilan iste’foga chiqqani haqida xabar berilgan edi.
Hojiakbar Muhammadjonov
Live
Barchasi