“Sevilya” muxlislar sabab jazolandi
Sport
−
04 dekabr 594 2 daqiqa
Joriy yilning 30 noyabr kuni Ispaniya La Ligasi doirasidagi “Sevilya” va “Betis” o‘rtasidagi derbida “Sevilya” muxlislarining maydonga turli narsalar tashlagani sabab klub Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan 45 ming yevro jarimaga tortildi. Bu haqda “Football-espana” nashri xabar berdi.
O‘yinning so‘nggi daqiqalarida muxlislar maydonga turli narsalar tashladi, natijada bosh hakam Xose Munuera o‘yinni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Muxlislar to‘xtamaganidan so‘ng futbolchilar xavfsizlik uchun maydondan olib chiqildi.
Hodisa “Sevilya” yarim himoyachisi Joan Jordanga plastik buyumlar uloqtirdi. Shu bilan birga, “Betis” darvozaboni Alvaro Vallesga ham plastik shisha va boshqa narsalar tashlandi. O‘yinning yakuniga atigi ikki daqiqa qolganda o‘yin to‘xtatildi, biroq 15 daqiqadan so‘ng o‘yin davom ettirildi.
Shuningdek, Tartib-intizom qo‘mitasi derbida qizil kartochka olgan Isaak Romeroni ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qildi.
Ma’lumot uchun, hozirda “Sevilya” La Liga turnir jadvalida 16 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. “Betis” esa 24 ochko jamg‘argan holda, 5-pog‘onani band etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UEFA joriy yilning oktyabr oyida Londonda “Arsenal”ga qarshi bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi uchrashuvida “Atletiko Madrid” muxlislarining “irqchilik va kamsituvchi xatti-harakatlari” sabab klubga 30 ming yevro jarima qo‘llagan edi.
Live
Barchasi