Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Energetika vazirini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Energetika vaziri Taalaybek Ibrayevni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon O‘zbekiston rahbariga Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomini yetkazgan. O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini, shu jumladan, energetika sohasida yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Ikki tomonlama munosabatlar yuqori sur’atda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash 17 foizga oshib, yuk tashish hajmi ortib bormoqda. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Energetika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda va tranzit qilinmoqda, “yashil” energetikada istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda. O‘zbekiston yetakchisi suv energetikasi sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, mintaqaviy ahamiyatga molik qo‘shma loyihalarni, eng avvalo, “Qambar-ota GES-1”ni qurish loyihasini samarali ilgari surish muhim ekanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilmalar vaziri Suhayl al-Mazruiy, shuningdek, Turkiya Respublikasi Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslon Bayroqdor boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qirg'iziston Taalaybek Ibraev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing