Shavkat Mirziyoyev Xomanaiyning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonga Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi. Bu haqda Eronning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonga yo‘llagan maktubida Islom inqilobi rahbari Oyatulloh-ul-uzmo Sayyid Ali Homanaiyning shahodati munosabati bilan hamdardlik bildirdi”, deyiladi elchixona xabarida.

Qayd etish joiz, bungacha Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli QatarQuvayt va Birlashgan Arab Amirliklari xalqiga hamdardlik bildirgan hamda Ummon sultonligini va Iordaniyani qo‘llab-quvvatlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil va AQSHning Eronga zarbalari joriy yilning 28 fevral kuni ertalab boshlandi. Hujumlar davomida Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy o‘ldirilgan – uning jasadi Tehrondagi qarorgohi vayronalari ostidan olib chiqilgan. Shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi rahbari Muhammad Pakpur va Mudofaa vaziri Amir Nasirzoda ham halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Eron Oyatulloh Ali Xomanaiy Mas'ud Pezeshkiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing