Shavkat Mirziyoyev Narendra Modiga ta’ziya yo‘lladi

Jamiyat

image

Bugun, 15 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Uttar-Pradesh shtatida kuchli yog‘ingarchilik va bo‘ron oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etgan, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 may kuni Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida sodir bo‘lgan kuchli bo‘ron va yomg‘ir oqibatida 111 kishi halok bo‘lgandi hamda 72 kishi jarohat olgandi.

13 may kuni kechqurun shtatning bir necha hududlarida chang bo‘roni, yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilgan. Halok bo‘lganlarning bir qismi qulagan daraxtlar, boshqalari esa buzilgan inshootlar va chaqmoq urishi oqibatida vafot etgan. Tabiiy ofat oqibatida 114 bosh chorva mollari ham nobud bo‘lgani xabar qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev ta'ziya Narendra Modi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing