Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasida ishtirok etadi

Sport

image

Bugun, 26 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev tadbirda nutq so‘zlab, kengash va xalqaro sport tashkilotlari rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Osiyo olimpiya kengashi 1982 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Osiyo qit’asida olimpiya harakatini muvofiqlashtiradi va 45 mamlakat milliy olimpiya qo‘mitasi unga a’zo hisoblanadi. Bosh assambleya doirasida Osiyo olimpiya harakatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda kengash prezidenti lavozimiga saylov o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Mazkur tadbirlarda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, Osiyo olimpiya kengashi, WADA, xalqaro sport federatsiyalari rahbarlari hamda boshqa nufuzli sport tashkilotlari vakillari ishtirok etishi va jami 360 nafardan ortiq xorijiy mehmon tashrif buyurishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Osiyo Olimpiya kengashi Xalqaro olimpiya qo'mitasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing