Shavkat Mirziyoyev Pokiston Tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Islomobod shahrida ajratilgan qarorgohda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Ishoq Dor kutib oldi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, shu yerda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ishoq Dor O‘zbekiston rahbariga o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlar kun tartibi haqida ma’lumot bergan.

O‘zbekiston Prezidenti vazirning ushbu davlat tashrifini tashkil etishga qo‘shgan ulkan hissasini alohida qayd etgan.

Tashrif doirasida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralar va Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi O‘zbekiston – Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini yangi amaliy mazmun bilan boyitishiga ishonch bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Pokistonda “Global sanoat va mudofaa yechimlari” kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurib, Mudofaa kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni – Qurolli kuchlarning quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni, feldmarshal Asim Munir bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ishoq Dor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing