Shavkat Mirziyoyevning Shveysariyaga amaliy tashrif yakunlandi

Jamiyat

image

Bugun, 22 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirlardagi ishtirokini yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun O‘zbekiston rahbari “Tinchlik kengashi” nizomini imzolash marosimida ishtirok etib, tadbir doirasida qator uchrashuv va suhbatlar o‘tkazdi. Amaliy tashrif tugagach, O‘zbekiston Prezidenti Syurix xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Shveysariyaning Davos shahrida “Tinchlik kengashi” nizomini imzolash marosimida ishtirok etgani haqida xabar berilgan edi. Bu orqali O‘zbekiston uni ta’sis etgan davlatlardan biriga aylandi. AQSH Prezidenti Donald Tramp raisligida o‘tgan tadbirda Argentina, Armaniston, Bahrayn, Bolgariya, Indoneziya, Iordaniya, Marokash, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Paragvay, Pokiston, Qatar, Qozog‘iston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Vengriya va boshqa davlatlar rahbarlari, Bosh vazirlari va Tashqi ishlar vazirlari ham qatnashgan.

Shuningdek, “Tinchlik kengashi” nizomini imzolash marosimi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.

Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev Davosdagi tadbirlar doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Davos Tinchlik kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing