Shifoxonaga ishga joylashtirishni va’da qilganlar ushlandi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida shifoxonaga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filiali xodimasi Z.K. fuqaro A.A. ni ushbu filialga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 32 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i X.Q. fuqaro U.Q. ni tanishlari yordamida Qarshi tuman markaziy poliklinikasiga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Bildirilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon va Jizzax viloyatida tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar pul olayotgan vaqtida qo‘lga tushgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

IIV DXX Qashqadaryo Qoraqalpog'iston Respublikasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing