Shimoliy Koreya futbolchilari Janubiy Koreyaga boradi
Sport
−
04 may 5689 1 daqiqa
KXDRning “Nekoxyan” ayollar futbol klubi Osiyo futbol konfederatsiyasining ayollar Chempionlar ligasi yarim finalida ishtirok etish uchun bu oy Janubiy Koreyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Yonhap” agentligi xabar berdi.
Bu Shimoliy Koreya sport jamoasining so‘nggi 8 yil ichidagi ilk tashrifi, ayollar futboli bo‘yicha esa 12 yil ichidagi birinchi safar hisoblanadi.
Yarim final uchrashuvi 20 may kuni Suvon shahridagi Suwon Sports Complex stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda “Nekoxyan” klubi mezbon Suwon FC Women jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Agar Shimoliy Koreya jamoasi g‘alaba qozonsa, 23 may kuni shu stadionda o‘tadigan finalga yo‘l oladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Nekoxyan” jamoasi Pxenyanda joylashgan bo‘lib, 27 nafar futbolchi va 12 nafar murabbiylar shtabidan iborat. Klub KXDR oliy ligasining 2021–2022 yilgi mavsumida chempion bo‘lgan.
So‘nggi marta KXDR sport jamoasi Janubiy Koreyaga 2018 yilda stol tennisi bo‘yicha xalqaro turnir finali doirasida borgan edi. Ayollar futbol jamoasining oxirgi tashrifi esa 2014 yilda Inxonda o‘tgan Osiyo o‘yinlari vaqtida qayd etilgan.
Live
Barchasi