Shomurodov va Fayzullayev bosh murabbiysiz qoldi
Sport
−
08 Sentabr 14630 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayevning klubi – Istanbulning “Bashakshehir” jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Klubimiz bosh murabbiy Chag‘dash Atan bilan o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi. Ikki mavsum davomida fidoyiligi, professionalligi bilan bir qatorda jamoamizni ketma-ket ikki marta Yevrokubokkga olib chiqib, klub an’anamizni davom ettirgan Chag‘dash Atanga minnatdorlik bildiramiz va uning keyingi murabbiylik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deyiladi xabarda.
Turkiya nashrlarining yozishicha, Chag‘dash Atanning o‘rniga “Borussiya Dortmund”ning sobiq bosh murabbiyi Nuri Shahin olib kelinishi mumkin. U bilan allaqachon muzokaralar boshlangan.
“Borussiya Dortmund”dagi faoliyatini yakunlagach bir muddat dam olgan 36 yoshli yosh murabbiy Nuri Shahin “Bashakshehir” rahbariyati bilan uchrashish uchun Istanbulga keldi. Klub u bilan uzoq muddatli loyiha rejalashtirayotgani aytilmoqda”, deb yozadi Karar nashri.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyi boshida O‘zbekistonlik 29 yoshli xujumchi Eldor Shomurodov Italiyaning ”Roma” klubidan Turkiyaning Istanbul shahri sharafini himoya qiluvchi “Bashakshehir” klubiga ko‘chib o‘tgandi. Shuningdek, iyul oyi oxirida Abbosbek Fayzullayev Rossiyaning SSKA klubidan “Bashakshehir” klubiga o‘tgan edi.
Live
Barchasi