Shomurodov va Fayzullayevning jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev to‘p suradigan Istanbulning “Bashakshehir” jamoasi 37 yoshli murabbiy Nuri Shahin bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Fotih Terim” stadionida o‘tkazilgan imzo chekish marosimida klub prezidenti Go‘ksel Kumushdag‘ va yangi bosh murabbiy Nuri Shahin ishtirok etgan. Shahin marosimda Istanbul klubi bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan.

“Maqsadimizda har doim “kuchli to‘rtlik” bor. Murabbiyimiz – bizning farzandimiz, lekin xalqaro futbol mutaxassisi. Maqsadimiz har doim Yevropa bo‘lgan. Biz bu Yevropa maqsadidan hech qachon voz kechmadik. Bizning DNKmizda Yevropa bor. Murabbiyimiz Nuri Shahin bilan butun jamoa, ijroiya qo‘mitasi birlashadi va mavsum oxirida maqsadimizga erishishni xohlaymiz”, deydi jamoa prezidenti Go‘ksel Kumushdag‘.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli Shahin 2021 yildan 2023 yilgacha Turkiyaning “ Antalyaspor” klubida bosh murabbiy bo‘lgan. 2024 yilning iyun oyida Dortmundning “Borussiya” jamoasida ish boshlagan. 2025 yilning yanvarida esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z lavozimidan bo‘shatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Bashakshehir” jamoasi bosh murabbiy Chag‘dash Atan bilan o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Abbosbek Fayzullaev Bashakshehir Nuri Shahin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing