Shomurodovning sobiq jamoasi bankrot bo‘lishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning sobiq jamoasi “Rostov” yaqin kelajakda faoliyatini to‘xtatishi mumkin. Bu haqda insayder Ivan Karpov xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari uchun mablag‘ yetishmayapti va uning hozirgi qarzi 4–5 milliard rublga yetgan. Xabarlarga ko‘ra, futbolchilar oktyabr oyidan beri, ba’zilari esa sentyabr oyidan beri maosh olmagan.

Agar klub joriy mavsumni yakunlash uchun zarur mablag‘ni topsa ham, 2026-2027 yilgi mavsumda ishtirok etish uchun RFU-1 litsenziyasini olish ehtimoli juda past baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov 2017 yilda “Bunyodkor”dan Rossiyaning “Rostov” klubiga o‘tgan va 2020 yilning yoziga qadar klub safida harakat qilgan. Bu davr mobaynida Shomurodov “Rostov” safida Rossiya Premer‑ligasida 91 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 gol va 12 assist amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Eldor Shomurodov “Rostov”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing