Shri-Lankada 22 nafar rohibdan 110 kilo narkotik topildi
Olam
−
09:30 1369 1 daqiqa
Shri-Lankada 22 nafar buddist rohib 110 kilogrammdan ortiq narkotik moddalarni olib kirishga uringan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda “Daily Mirror” xabar berdi.
Voqea Bandaranaike xalqaro aeroportida, poytaxt Kolombodan shimolda sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot organlari bu musodarani aeroport tarixidagi eng yirik holatlardan biri deb baholamoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, rohiblar Tailanddan kelgan bo‘lib, ularning yuklaridan jami 112 kg ga yaqin “kannabis” va “gashish” topilgan. Musodara qilingan noqonuniy yukning umumiy qiymati 1,1 milliard Shri-Lanka rupiyasidan (taxminan 3,45 million dollar) oshadi.
Qo‘lga olinganlar joriy yilning 26 aprel kuni Negombo sudiga olib borilgan. Tergov natijalariga ko‘ra, bu operatsiyani mamlakatning g‘arbiy qismidagi ibodatxonadan uch nafar rohib boshqargan. Qolgan 19 kishi esa Facebook orqali jalb qilingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘pchiligi 30 yoshga yetmagan yosh rohiblarga bepul aviachipta, yashash va ovqat va’da qilingan. Ularga aslida maktab o‘quvchilari uchun “o‘quv materiallari va shirinliklar” tashiyotgani aytilgan.
Shuningdek, Gampaha hududida ushbu guruhning taxminiy tashkilotchisi ham qo‘lga olingan. Tergov davomida aniqlanishicha, guruh o‘tgan oy ham 12 nafar rohib ishtirokida shunga o‘xshash operatsiyani amalga oshirgan va yaqin vaqt ichida yana bir safarni rejalashtirgan.
Live
Barchasi