Shvetsiya Yevropa davlatlarini “urush rejimi”ga kirishga chaqirdi
Olam
−
19 Oktabr 6136 1 daqiqa
Shvetsiya Mudofaa vaziri Pol Yonson Yevropa “urush rejimi”ga kirishi kerakligini aytdi. Bu haqda u Germaniyaning RND nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Tinchlikni saqlash uchun biz urush ehtimoliga ham ma’naviy, ham harbiy jihatdan tayyor bo‘lishimiz kerak. Mentalitetni o‘zgartirish zarur: biz tinchlikni qat’iyat bilan to‘xtatish, himoya qilish va saqlash uchun urush rejimiga o‘tishimiz lozim”, dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shvetsiyaliklarning taxminan 90 foizi Ukrainaga yordamni saqlab qolish yoki kengaytirishni qo‘llab-quvvatlaydi, aksariyati esa mudofaa xarajatlarini oshirishni ma’qullaydi.
Vazirning ta’kidlashicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilish uchun Kiyevga harbiy yordamni kuchaytirish va Moskvaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish zarur.
U, shuningdek, sentyabr oyida Polsha havo hududida dronlar paydo bo‘lishiga izoh berib, NATO davlatlari Rossiya tomonidan ehtimoliy eskalatsiyaga qarshi turish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishi kerakligini ta’kidladi.
Yonsonning qo‘shimcha qilishicha, ittifoq havo yoki dengiz chegaralarini noqonuniy kesib o‘tsa, dron va kemalarga qarshi javob qaytarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shvetsiya hukumati Ukrainaga 110 million dollardan ortiq qiymatga ega yangi qishki yordam paketini taqdim etishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi