Shvetsiyada o‘smir qizlar granata bilan hujum uyushtirdi
Olam
−
20 dekabr 4143 2 daqiqa
Shvetsiyada 14, 16 va 17 yoshli qizlar tomonidan ikkita granata hujumi amalga oshirildi. Ular bu harakatlarni “Super Mario” taxallusidan foydalangan shaxs ko‘rsatmalariga binoan qilgan. Bu haqda “Watchers” xabar berdi.
Qayd etilishicha, birinchi hujum 2025 yil 5 sentyabr kuni Myolndal komunnasidagi ko‘p qavatli uy kirishida amalga oshirilgan, ammo granata portlamagan. Unda 14 va 16 yoshli qizlar ishtirok etgan. Bino xavfsizlik nuqtai nazaridan evakuatsiya qilingan.
Keyingi kuni, 6 oktyabrda uch qiz Nyodinge shahridagi ko‘p qavatli uyga ikki granata tashlagan. Bir granata portlagan, ikkinchisi bino yonidan topilgan. Hujum paytida voqea videoga olinib, ularni boshqarib turgan “Super Mario” laqabli odamga jonli efirda uzatilgan. “Super Mario” ularga SMS orqali “Ikkala bomba ham tashlandimi?” deb so‘ragan va keyin “Mukammal qizlar” deb tabriklagan.
Uch qiz ushbu hujumlar uchun jami 45 000 shved kronasi olgan. 14 yoshli qiz “Super Mario” bilan aloqasi borligini va hujumlarni to‘dalar urushi doirasida “qasos” sifatida qilganini tan olgan. Granatalardan foydalanishni internet videolaridan o‘rganganini aytgan.
Uchala qiz ham chuqur pushaymonlik bildirgan. 17 yoshli qiz hujumdan keyin bir necha kun yig‘laganini aytgan, 16 yoshli qiz esa “Super Mario” tahdid qilganini da’vo qilgan.
16 va 17 yoshli qizlar jamoat xavfsizligiga tahdid qilish, portlovchi moddalar bilan bog‘liq qonunlarni buzish ayblovlari bilan sudga tortilgan. 14 yoshli qiz esa jinoiy javobgarlikka tortilmagan, unga qarshi faqat dalillarni to‘plash bo‘yicha maxsus ish ochilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda Yangi yil kechasida terakt uyushtirishni rejalashtirganlar hibsga olingandi.
Live
Barchasi