Toshkentda 16 yoshli o‘smir qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida avval sudlangan 16 yoshli o‘quvchi pul va telefon o‘g‘irlagani uchun qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2009 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, hozirda Toshkent shahrida yashab kelayotgan 16 yoshli o‘smir ota-onasi bilan urishib qolib, uyidan chiqib ketgan. U 2025 yilning 2 aprelida Yakkasaroy tumanida sodir etgan jinoyati uchun Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) ikkinchi qismi “g” bandi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan jarima jazosi qo‘llanilgan. 16 yoshli yigit ushbu berilgan jazodan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, yana jinoyatga qo‘l urib, oynalari ochiq qoldirilgan avtomobillardan pul va telefon apparatlarini o‘g‘irlab kelgan.

Holat bo‘yicha ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida ko‘rib chiqildi. U Jinoyat kodeksining 169-moddasi uchinchi qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, Jinoyat kodeksining 85-moddasiga asosan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentga Germaniyadan qoradori olib kelgan kurer qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent o'smir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing