Baliqchilar qishlog‘i jamoasi Shvetsiya chempioni bo‘ldi
Sport
−
21 Oktabr 2437 1 daqiqa
Shvetsiyadagi Melbyu shaharchasining aholisi 1400 nafardan kam bo‘lgan baliqchilar qishlog‘i jamoasi ilk bor Shvetsiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “svt sport” nashri xabar berdi.
Joriy yilning 19 oktyabr kuni “Melbyu” klubi safarda “Gyoteborg” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikni muddatidan avval qo‘lga kiritdi. G‘alaba gollarini Yakob Bergstryom va Tom Pettersson kiritgan.

Ushbu natijadan so‘ng “Melbyu” turnir jadvalida ikkinchi o‘rindagi “Xammarbyu”dan 11 ochko oldinga chiqib, uchta tur oldin muddatidan avval chempionlikni kafolatlagan. O‘yindan so‘ng futbolchilar oltin shlyapalar kiyib, maydonda g‘alabani nishonlagan.

Listerlandet yarimorolida joylashgan “Melbyu” butun Syolvesborg mintaqasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Taxminan 1500 nafar muxlis jamoasini g‘alaba o‘yini kuzatib borgan.

Ma’lumot uchun, “Melbyu” jamoasi 1939 yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakat janubidagi Syolvesborg shahrida joylashgan. Klub o‘z uy o‘yinlarini 7 ming tomoshabinga mo‘ljallangan “Strandvallen” stadionida o‘tkazadi.
Live
Barchasi