SI 95 foiz ehtimol bilan insoniyatning yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi – mutaxassis
Texnologiya
−
02 avgust 10714 2 daqiqa
Google va Microsoft kompaniyalarida ishlagan sobiq muhandis, hozirda Machine Intelligence Research Institute nodavlat tashkiloti rahbari Neyt Soares sun’iy intellekt (SI) insoniyatning yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi ehtimolini “kamida 95 foiz” deb baholadi. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.
“So‘nggi yo‘nalishda harakatni davom ettirsak, sun’iy intellekt tufayli insoniyatning yo‘q bo‘lib ketish ehtimoli hech bo‘lmaganda 95 foizga teng”, deydi Soares.
U kelajakda odamlar sun’iy aql tizimlarini yaratishda “nima qilayotganini o‘zi ham bilmaydigan” darajaga yetishini ta’kidladi.
Nashrning yozishicha, hozirda sun’iy intellekt faqat rivojlanishning boshlang‘ich bosqichida. Biroq agar insoniyat SI asosidagi dasturlarga investitsiyalar kiritishni davom ettirsa, vaziyat tubdan o‘zgarishi mumkin. Ma’lum bir vaqt o‘tib, mashina aqli umumiy sun’iy intellekt darajasiga yetadi – bu esa inson aqli bilan teng darajadagi qobiliyatlarni anglatadi.
“Sun’iy intellektga uyqu va ovqat kabi ehtiyojlar kerak emasligi sababli, u insondan “sezilarli ustunlik”ka ega bo‘ladi. Bundan tashqari, SI bilim va ko‘nikmalarni tezda egallab, ularni keyingi avlodga darhol o‘tkaza olish xususiyatiga ega bo‘ladi. Bu esa uni rivojlanishda yanada tezlashtiradi”, deyiladi maqolada.
Esaltib o‘tamiz, avvalroq Microsoft kompaniyasi o‘zining yangi tadqiqotida sun’iy intellekt (SI) ta’siriga eng ko‘p duchor bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasblarni aniqlagandi.