Sirdaryoda soxta dollarga 5 bosh mol sotib olganlar ushlandi
3-sahifa
−
12 dekabr 3993 1 daqiqa
Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 5 bosh qora molni qalbaki AQSH dollariga sotib olgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Sardoba tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.A. fuqaro D.M.ning 5 bosh qoramolini jami 142 mln so‘mga sotib olishga kelishib, shundan 32 mln so‘mini berib, keyinchalik qolgan 110 mln so‘m hisobidan 100 AQSH dollarlik kupyuradagi jami 8 800 qalbki dollarni berib ketgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida qariyb 1 mlrd so‘mlik horijiy valyutaning chet elga chiqib ketishi to‘xtatib qolingandi.
Live
Barchasi