Sirdaryoda tarbiyachilar bolani uzr so‘rashga majburladi (video)
3-sahifa
−
17 Oktabr 8197 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi “Shodlik” nomli xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida 2 nafar tarbiyachi bir bolani yig‘latib, kechirim so‘rashga majburlayotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Oqoltin tumanidagi “Shodlik” nomli xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi N.A. mashg‘ulot vaqtida tarbiyalanuvchiga nisbatan noo‘rin so‘zlar ishlatgan va pedagog etikasiga zid xatti-harakat sodir etgan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, ikki nafar tarbiyachi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Mazkur voqea yuzasidan maktabgacha ta’lim tizimida pedagoglarning axloqiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Xiva tumanidagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida muassasa rahbari bolani jarohatlagan edi.
Live
Barchasi