Soat 22:00 dan keyin bazmlarni to‘xtatish buyurildi. Qirg‘izistonda!
Olam
−
13 noyabr 2152 2 daqiqa
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida ko‘ngilochar maskanlar faoliyati soat 22:00 dan keyin cheklanadi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Tegishli qaror Qirg‘iziston Respublikasining “Tinchlik to‘g‘risida”gi qonunini bajarish doirasida qabul qilingan.
Qarorga muvofiq, Bishkek hududidagi umumiy ovqatlanish joylari, madaniy va ko‘ngilochar maskanlar (shu jumladan kafe, restoran, bar, klub, to‘yxona va boshqa shunga o‘xshash ob’ektlar) rahbarlari soat 22:00 dan kechiktirmay barcha tantana va ko‘ngilochar tadbirlarni to‘xtatishi, shuningdek, ushbu muassasalar faoliyatini yakunlashi lozim.
Shuningdek, elektr energiyasini iste’mol qiluvchi barcha qurilmalar, ayniqsa ko‘p quvvat sarflovchilar (elektr plitalar, isitgichlar, pechlar va hokazolar) soat 22:00 dan keyin o‘chirilishi kerak. Mazkur vaqtdan keyin fuqarolarning osoyishtaligini buzadigan baland musiqa, yoritish yoki boshqa shovqinli tadbirlarni o‘tkazish qat’iyan man etiladi.
“Elektr generatorlaridan faqat turarjoylardan uzoqda joylashgan ob’ektlarda va Qirg‘iziston Respublikasining “Tinchlik to‘g‘risida”gi qonuni talablariga to‘liq rioya etilgan holda foydalanishga ruxsat beriladi”, deyiladi qarorda.
Tuman ma’muriyatlariga shahar inspeksiyasi bilan birgalikda ushbu masalani nazoratga olish va muntazam reyd tadbirlarini o‘tkazish topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning poytaxti Bishkek shahrida davlat tilida yozilmagan hamda tasdiqlangan loyiha kodeksiga zid ravishda o‘rnatilgan ko‘cha nomlari va reklama yozuvlari olib tashlanayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr