Sobiq xavfsizlik rahbarining qimmatbaho buyumlari sotildi

Olam

image

Davlatga xiyonatda ayblangan Qozog‘istonning sobiq bosh vaziri, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Karim Masimovning uyidan bugun, 7 oktyabr kuni qimmatbaho ruchkalar, qilichlar va xanjarlar olindi va kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Qayta tiklangan aktivlarni boshqarish kompaniyasi 10 ta hashamatli narsani sotuvga qo‘ydi. Ular orasida qalamlar to‘plami, tangalar, qilichlar, xanjarlar, milliy naqshli kamar bor.

Shunisi e’tiborga loyiqki, bu narsalarning barchasi hujjatlarda Karim Masimovning uyi tavsifiga mos keladigan uydan olib qo‘yilgan mulk sifatida uchraydi. Kimoshdi savdosiga qo‘yilgan aktivlarning umumiy qiymati 3,5 million tengedan oshadi.

Nima sotildi?

Auksion onlayn auksion portalida bo‘lib o‘tdi. Qayta tiklangan aktivlarni boshqarish kompaniyasi o‘nta lotdan yettitasini sotdi. Sotilgan narsalar orasida ikkita hashamatli qalam bor edi:

Montegrappa Italia yozuvi bo‘lgan ruchka, u kumushdan yasalgan. U 440 ming tengega sotilgan. Qur’on oyatlari bilan bezatilgan Visconti Firenze ruchkasi 402 ming tenge turadi.

Karim Masimovning uyidan topilgan qilichlar ham sotildi:

  • Suyak dastasi va zanjirli qilich – 930 ming tenge;
  • Sariq metall bezakli qilich – 837 ming tenge.
  • G‘ilofli po‘lat xanjar ham 185 ming tengega sotilgan.

“Olma Otani”, “Ostona”, “Bayterek” va “Qozog‘iston xaritasi” kabi tangalar to‘plami salkam 199 ming tengega sotildi.

Yana ikkita tanga – gerb tasvirlangan 1000 tanga (2003 yil) va “Yevrosiyo davlatlarining poytaxtlari” (500 tanga, 2008 yil) kimoshdi savdosida 82 ming 999 tengega sotildi.

Nima sotilmadi?

Quyidagi lotlar xaridorlarsiz qoldi:

  • uchta kolleksiya tangalari to‘plami: qiymati 155 ming tengedan boshlab ikkita “Oltin odam” va “Mustaqillikning 20 yilligi” tangalari (500 tanga, 2011 yil);
  • “Sharqiy kalendar” va “Qozog‘iston faunasi” turkumidagi tangalar (2010–2011 yillardagi 500 tanga nominalida) – 107 ming tengedan;
  • charm kamar – 183 ming 750 tenge.

Qayd etish joiz, bu Qayta tiklangan aktivlarni boshqarish kompaniyasining ushbu buyumlarni sotishga ikkinchi urinishi – ular birinchi marta 16 sentyabrda ro‘yxatga olingan, biroq xaridor topilmagan.

Oldinroq mashr Karim Masimovning Ostonadagi hashamatli saroyi ijtimoiy xizmat markaziga aylantirilishi haqida yozgandi.

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari Karim Masimov 2022 yilda yanvar voqealarida davlatga xiyonat qilishda gumonlanib hibsga olingan va keyinroq aybdor deb topilib, 18 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Tergov va sud jarayonida shov-shuvli ish bo‘yicha ayblanuvchilarning qimmatbaho mol-mulki davlat daromadiga aylantirilgan – 10 milliard tenge va 24 million dollar.

Masimov ikki marta Qozog‘iston bosh vaziri lavozimida ishlagan. O‘tgan yili u afv сўраган, ammo Qozog‘iston Prezidenti huzuridagi Amnistiya komissiyasi tomonidan rad etilgan.

Karim Masimovdan 2022 yilning martida hashamatli buyumlar musodara qilingan. Bosh vazir sifatida u biznes tuzilmalaridan biridan poytaxtda joylashgan qiymati qariyb 2,5 milliard tenge (64 mlrd 625 mln so‘m) bo‘lgan mehmon uyi va yer uchastkasini olgan. Tekshiruv davomida tergovchilar 17,2 million dollar naqd pul, shuningdek, qimmatbaho soatlar, tilla quymalari, qimmatbaho avtomobillar va antiqa buyumlarni topgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning sobiq bosh vaziri Karim Masimovning hashamatli uyi kimoshdi savdosiga qo‘yilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Karim Masimov sobiq bosh vazir kimoshdi savdosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing