Stiv Jobs surati tushirilgan tangalar zarb qilinadi

Olam

image

AQSH zarbxonasi Apple kopmpaniyasi asoschisi va sobiq bosh direktori Stiv Jobsga bag‘ishlangan 1 dollarlik esdalik tanga dizaynini taqdim etdi. Bu haqda “MacDailyNews” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH zarbxonasi tomonidan taqdim etilgan tangalar dizaynida Shimoliy Kaliforniya tog‘lari fonida oyoqlarini chalishtirib o‘tirgan va bo‘yinbog‘ taqqan Stiv Jobsning yoshligi tasvirlangan.

Shuningdek, tangada “E’tiborga loyiq bir narsa qiling” yozuvi tushiriladi. Bu iqtibos tadbirkorning dunyoqarashi va mulkidan qolgan merosini tasvirlash uchun yozilgan.

Nashrning ta’kidlashicha, tasvir atrofida “United States of America”, “California” va “Steve Jobs” so‘zlari ham bo‘ladi.

Tangalar zarbxona veb-saytidan har biri 13,25 dollardan sotiladi. To‘rt tangali to‘plamlar, 25 tangali to‘plamlar va 100 tangali paketlar ham mavjud bo‘ladi.

Qayd etish joiz, amerikalik tadbirkor Stiven Pol Jobs 1955 yilning 24 fevralida AQSHning Kalfiorniya shtatida tug‘ilgan. U do‘sti bilan 1976 yilda shaxsiy kompyuterini yanada rivojlantirish va sotish uchun Apple  kompaniyasiga asos solgan. Shuningdek, tadbirkor NeXt kompaniyasi asoschisi va Pixar’ning asosiy aksiyadori bo‘lgan. U 2011 yil 5 oktyabrda vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Moliya vazirligi mamlakatning 250 yillik yubileyi munosabati bilan AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Apple Stiv Jobs

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing