Stress uyqu va xotiraga salbiy ta’sir ko‘rsatadi – tadqiqot
Salomatlik
−
16 iyun 3348 1 daqiqa
Olimlar stress qanday qilib uyqu va xotiraga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Bu haqdagi tadqiqot “Journal of Neuroscience” jurnalida e’lon qilindi.
Tajribalar sichqonlar ustida olib borilgan. Olimlar ularda CRH-neyronlarni faollashtirganda kuchli stressga xos holatlar – fazoviy xotiraning yomonlashuvi va uyquning qisqarishi kuzatilgan. Aksincha, stress ta’sirida aynan shu neyronlar faoliyati bostirilganda sichqonlarda xotira yaxshilangan, uyqu esa chuqur va uzoq bo‘lgan.
Tadqiqotchilar ushbu neyronlarning lateral gipotalamus bilan aloqalariga alohida e’tibor qaratgan – bu qism uyg‘oqlik va uyqu holatini boshqaradi. Aniqlanishicha, stressdan so‘ng yuzaga keladigan uyqu va xotira buzilishi aynan shu neyronal aloqalar orqali sodir bo‘ladi. Ularga ta’sir qilish kognitiv funksiyalarni tiklash va uyquni yaxshilashga olib kelgan.
Mualliflarning ta’kidlashicha, bu ish stress bilan bog‘liq buzilishlar (uyqusizlikdan tortib kognitiv kasalliklarga qadar) uchun yangi davolash yo‘nalishlarini ochib beradi. Keyingi bosqichda mazkur mexanizmlarning odamlar uchun ham xos yoki yo‘qligi tekshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro ta’lim yutuqlarini baholash dasturi mutaxassislari odamlar mantiqiy fikrlash va oddiy masalalarni yechish qobiliyatini yo‘qotayotganini ma’lum qilgan edi.
Live
Barchasi