Suriyada hukumat kuchlari va kurdlar o‘rtasida janglar boshlandi

Olam

image

Bugun, 7 yanvar kuni Suriyaning Halab shahrida Suriya armiyasi va Suriya Demokratik kuchlari (SDK) o‘rtasida halokatli to‘qnashuvlar qayta boshlandi. Minglab tinch aholi qochib ketgan va kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy muxbirlarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Keltirilishicha, mamlakatda zo‘ravonliklar va uni kim boshlagani haqida ayblovlar almashinuvi, markaziy hukumatga qo‘shilishga qarshilik ko‘rsatgan Damashq va kurd rasmiylari o‘rtasidagi kelishmovchilik chuqurlashib, halokatli oqibatlarga olib kelgan. Kecha, 6 yanvar kuni Suriyaning shimoliy Halab shahrida hukumat kuchlari va kurd jangarilari o‘rtasidagi shiddatli janglar boshlangan.  

Ikki kuchning o‘zaro otishmalari oqibatida kamida olti kishi, jumladan, ikki ayol va bir bola halok bo‘lgan. Halab sog‘liqni saqlash boshqarmasi yana to‘rt kishi halok bo‘lganini va 18 kishi yaralanganini ma’lum qilgan.

Suriya armiyasi SDF nazoratidagi Shayx Maqsud va Ashrafiya mahallalaridagi harbiy pozitsiyalar "qonuniy harbiy nishonlar" ekanligini e’lon qildi. Suriya xavfsizlik xizmatining ikki xodimi Reuters agentligiga shaharda muhim harbiy operatsiya bo‘lishini kutishlarini aytishdi.

Hukumat tinch aholining to‘qnashuvli hududlardan qochishi uchun gumanitar yo‘laklarni ochib berdi va ularni shahar avtobuslarida olib ketdi. Taxminan 10 000 kishi qochib ketgan.

"Biz ularni xohishlariga ko‘ra xavfsiz tarzda borishni istagan joylariga yoki ko‘chirilgan boshpanalarga ko‘chiramiz", dedi Halabdagi fuqarolik mudofaasi kuchlarining operatsiyalar boshlig‘i Faysal Muhammad Ali.

So‘nggi janglar Suriyaning yetakchi shaharlaridan birida tinch aholi hayotini izdan chiqardi, aeroport va Turkiyaga olib boradigan avtomagistralni yopdi, sanoat zonasidagi fabrikalarda ishlarni to‘xtatdi va shahar markaziga olib boradigan asosiy yo‘llarni to‘sib qo‘ydi.

Damashq hukumati o‘z kuchlari SDK nazoratidagi hududlardan raketa zarbalari, dron hujumlari va o‘qqa tutilishlarga javob berayotganini ma’lum qilgan, ammo kurd kuchlari Damashqni “minglab tinch aholining hayotiga tahdid soladigan va shahardagi barqarorlikka putur yetkazadigan xavfli eskalatsiya uchun to‘liq va bevosita javobgar” deb hisoblashlarini bildirgan.

O‘tgan yili Damashq hukumati SDK bilan 2025 yil oxiriga qadar to‘liq integratsiyani rejalashtirgan kelishuvga erishgan, ammo ikki tomon ham deyarli hech qanday natijaga erisha olmagan, har biri bir-birini to‘xtatib qo‘yganlikda yoki yomon niyat bilan harakat qilganlikda ayblagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Suriya harbiylarini o‘qitishni boshlagani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya hukumat janglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing