Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish boshlandi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

“Surxondaryo nafaqat tabiati go‘zal zamin, balki ruhi baquvvat, g‘ayrati baland, oriyati mustahkam insonlar yurtidir. Surxonni rivojlantirish Yangi O‘zbekistonning janubiy tayanch ustunini mustahkamlash demakdir”, degan Prezident.

Qayd etilishicha, o‘tgan davrda hududda 5 milliard dollarlik 8 mingdan ortiq loyiha ishga tushgan. Xitoy, AQSH, Rossiya, Hindiston, Avstriya, Vengriya kabi davlatlar bilan investitsiya va savdo bo‘yicha yana 10 milliard dollarlik kelishuvlarga erishilgan.

So‘nggi to‘qqiz yilda bog‘cha qamrovi 28 foizdan 68 foizga oshdi, 23 ta yangi maktab qurildi, yana 448 tasi ta’mirlangan. Qo‘shimcha 102 ming o‘quvchi o‘rni yaratilgan.

Bu davrda qurilgan 688 ta ko‘p qavatli uyga 32 ming oila ko‘chib o‘tgan. Angor, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo va Termiz tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlari tashkil qilingan.

“To‘palang ombori suvidan foydalanish” loyihasi hisobiga Termiz shahri va 10 ta tumandagi 563 ming aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing