Surxondaryoda erkakni intim videolari bilan “shantaj” qilgan ayol ushlandi
3-sahifa
−
28 fevral 4161 2 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida avvaldan ishqiy munosabatda bo‘lgan erkakning videolarini tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1992 yilda tug‘ilgan shaxs ariza bilan murojaat qilgan. U 2024 yil avgust oyida bir ayol bilan tanishib, yaqin munosabatga kirishgan. Bir necha oy davom etgan ishqiy munosabatlar davomida ayol erkakning shaxsiy va behayo fotosurat va videolarini tasvirga olgan.
Oradan vaqt o‘tib ayol ushbu videolarni internetga tarqatish bilan qo‘rqitib pul talab qila boshlagan. Dastlab 7 keyin 5 mln so‘m olgan. Shuningdek, 2025 yil oktyabrdan 2026 yil fevral oyiga qadar yana 28 mln so‘m va jami 40 million so‘m pul olgan.
Qo‘rqitishi samara berayotgan bu ayol “shantaj” qilishdan to‘xtamagan va erkakdan yana 15 million so‘m talab qilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida bu tovlamachi 2003 yilda tug‘ilgan qiz ekanligi aniqlangan. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u talab qilingan 15 million so‘mni olayotgan paytida qo‘lga olingan. Hodisa joyida daliliy ashyolar rasmiy tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanida o‘zining tanishi bo‘lgan ayolning noma’lum erkak bilan jinsiy aloqada bo‘lgan video tasvirlarini tarqatmaslik uchun 6 ming AQSH dollari so‘rab, shantaj qilmoqchi bo‘lgan erkak ushlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi