Surxondaryoda mahsulot olish boshqa joylardan 3 barobar arzonga tushadi

Jamiyat

image

Surxondaryo sharoitida issiqxonadan mahsulot olish boshqa joylardan 2-3 barobar arzon tushadi. Bu haqda bugun, 27 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda so‘z bordi.

Bu yil Ispaniyaning Almeriya hududi tajribasi asosida 1 ming gektarda quyoshda isitiladigan issiqxonalar tashkil qilinadi. Bunday issiqxona quradigan tadbirkorlarga yerlar 5 yilga bepul ijaraga beriladi, ular yer osti suvi uchun to‘lovdan 3 yilga ozod qilinadi.

Surxondaryoda ishga solinmagan yana bir katta imkoniyat – uning yaylovlari.

Masalan, Boysunda 197 ming gektar yaylovlar bor. Agar Darband daryosidagi nasoslarni tiklab, suv chiqarilsa, 10 ming gektar yaylovni foydalanishga kiritish, shundan 1,5 ming gektarida kartoshka, qolgan qismida ozuqabop ekin ekish imkoni mavjud.

Endilikda zaxiradagi yaylov yerlarini o‘zlashtirish uchun boshlang‘ich narxi normativ qiymatning 1 foizi miqdorida belgilanib, auksionga chiqarilishi ta’kidlangan.

Yerni auksiondan olgan tadbirkorlarga 10 yilga, 4 yillik imtiyozli davr bilan 14 foizli kredit ajratiladi. Har o‘n gektarga suv olib kelish uchun 120 million so‘mgacha subsidiya beriladi.

Bu orqali uch yillik dastur doirasida 58 ming gektar yaylovni aylanmaga kiritish, bu yerda 300 ming bosh qo‘y-echki boqishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Shavkat Mirziyoev Boysun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing