Surxondaryoda “marixuana”ni gugurt qutilariga yashirgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
23 fevral 1716 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 57 ta gugurt qutisida giyohvandlik moddasi saqlab kelgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Denov tumanida yashovchi 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro T.A. xonadonining garaj qismidan 37 ta qutida 347 gramm “marixuana” topilgan.
Shuningdek, raqamsiz Zil avtomashinasi ichida 20 ta gugurt qutisiga joylanib, sotish uchun mo‘ljallangan 187 gramm “marixuana” ham daliliy ashyo sifatida olingan. Ushbu holat bo‘yicha jami 536 gramm giyohvandlik moddasi musodara qilingan.
Holat yuzasidan qo‘shimcha tekshiruv harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida 75 yoshli otaxonning uyidan 20 kg “marixuana” giyohvand moddasi chiqqani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi