Surxondaryoda sud vakili pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Surxondaryoda hakamlik sudining kadrlar bo‘limi boshlig‘i bir fuqaroni tanishlari orqali ishga kiritib qo‘yish maqsadida 1000 dollar talab qildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Mediatsiya va yuridik maslahatlar huzuridagi hakamlik sudining kadrlar bo‘limi boshlig‘i xizmat mavqeidan foydalangan holda Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali viloyat Bojxona boshqarmasiga nazoratchi vazifasiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1000 dollar talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Termiz shahar prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan hamda hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasining katta yordamchisi 3 mln 800 ming so‘m pora bilan qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud pora firibgarlik pora berish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing