Suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vaziriga birinchi o‘rinbosar va o‘rinbosar tayinlandi. Prezidentning shu to‘g‘risidagi tegishli qarorlari 15 oktyabrda qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Zokir Eshqurbonovich Eshpo‘latov Suv xo‘jaligi vaziriga birinchi o‘rinbosar – Suv xo‘jaligi ob’ektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori lavozimiga tayinlangan. Mirolimjon Karimjon o‘g‘li Karimov esa vazir o‘rinbosari bo‘ldi.

Zokir Eshpo‘latov 1983 yil 24 iyunda Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, muhandis-gidrotexnik. 2005 yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti bakalavriatini, 2009 yilda mazkur institut magistraturasini tamomlagan. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.

Mehnat faoliyatini 2005 yilda Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Gidrogeologiya meliorativ ekspeditsiyasi 1-toifali mutaxassisi lavozimida boshlagan. 2008–2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Markaziy texnologik va dispetcherlik xizmati 1-toifali mutaxassis-dispetcheri, bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, 2012–2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Suv resurslari balansi va suvni tejaydigan texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi, Suv resurslarini boshqarishni tashkil etish va undan oqilona foydalanish bo‘limi boshlig‘i, 2018–2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish sektori boshlig‘i, Suv resurslari bo‘limi boshlig‘i, Suv resurslari va suvdan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i, 2022–2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Axborot-tahlil va resurs markazi direktori, 2023–2025 yillarda Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Mirolimjon Karimov esa 1977 yil 3 yanvarda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, ixtisosligi davlat moliyasini boshqarish. 2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavriatini, 2002 yilda magistraturasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1993 yilda Beshariq tumanidagi “Navbahor” ulgurji savdo bazasi ekspeditori lavozimida boshlagan. 2002–2005 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi assistenti bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. 2005–2007 yillarda xususiy sektorda, 2007–2008 yillarda Qo‘qon shahar Xalq banki filialida, 2008–2010 yillarda Qo‘qon shahar Davlat soliq inspeksiyasida, 2010–2017 yillarda Davlat soliq qo‘mitasida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasida bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi yetakchi inspektori, bosh inspektori, 2021–2023 yillarda “O‘zbekneftgaz” AJ Iqtisod va rejalashtirish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Neft mahsulotlari logistikasi departamenti boshlig‘i, 2023–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bosh inspektori, sho‘’ba mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shayxontohur tumaniga yangi prokuror tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'rinbosar Suv xo'jaligi vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing