Taniqli rejissyor Batir Bazarboyev vafot etdi
Jamiyat
−
16 Sentabr 8044 1 daqiqa
Kecha, 15 sentyabr kuni taniqli kino va televideniye operatori, rejissyor Batir Joldasovich Bazarboyev 70 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning qizi Shahnoza Joldasova o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.
“Bugun O‘zbekiston kino arboblar ijodiy uyushmasi, Rossiya kinematograflar uyushmasi va Rossiya kinooperatorlar gildiyasi boshqarmasi a’zosi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti professori, otam Batir Bazarboyev bu yorug‘ dunyoni tark etdilar. U o‘z sohasining ustasi, minglab shogirdlarning ustozi, butun dunyoda maslakdoshlari bor inson edilar. Onam uchun eng yaxshi umr yo‘ldosh, biz uchun esa borini berga ota edilar”, deb yozgan marhumning qizi.
Ma’lumot uchun, Batir Bazarboyev 1955 yilda Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida tug‘ilgan. U “Dengiz suv so‘raydi”, “Orol qizlari” , “Dengizga yetib bor” , “Ajdar yili” , “O‘tgan yil” va boshqa bir qator ilmiy-ommabop, xronik filmlar operatori va rejissori sifatida tomoshabinlarga tanish edi.
Eslatib o‘tamiz, 7 sentyabr kuni mashhur opera xonandasi, Alisher Navoiy nomidagi savlat akademik katta teatri solisti Yanika Bagryanskaya Turkiya klinikalaridan birida uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etgandi.
Bunyod Keldiboyev