TDYUU Yangi Toshkentga ko‘chiriladi
Jamiyat
−
28 noyabr 3704 1 daqiqa
Toshkent davlat yuridik universiteti Yangi Toshkentga ko‘chiriladi. Bu haqda 2025 yil 26 noyabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, Yangi Toshkent hududidan universitetning zamonaviy kampusini barpo etish uchun zarur hudud ajratiladi.
Adliya vazirligi buyurtmachi bilan birgalikda eng maqbul takliflarni tanlash asosida TDYUUning zamonaviy kampusini loyihalash va qurish jarayoniga hamda uni moliyalashtirishga xalqaro moliya institutlari, xalqaro, regional va xorijiy banklarning imtiyozli mablag‘larini hamda xorijiy yirik quruvchi kompaniyalarni jalb etadi (2025-2028 yillar).
Toshkent davlat yuridik universitetining amaldagi binolari investor(lar)ga sotilmaydi.
Prezident farmoniga muvofiq, Toshkent davlat yuridik universitetining amaldagi binolari o‘rnida universitet huzuridagi O‘zbekiston huquqi tarixiy muzeyi, O‘zbekiston nizolarni hal etish markazi, Raqamli huquq markazi, Raqamli sud ekspertiza markazi joylashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yuridik universitetda fakultet dekanlarini saylash tizimi joriy etilishi ma’lum qilingandi.
Live
Barchasi