Ter Shtegen “Barselona”ni tark etmoqchi
Sport
−
23 Oktabr 2227 2 daqiqa
Germaniya terma jamoasi va “Barselona” klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Jahon chempionatida ishtirok etish uchun o‘yin amaliyotini izlab, qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishga qaror qilgan. Bu haqda SPORT nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 33 yoshli darvozabon “Barselona”ni tark etish qarorini allaqachon qabul qilgan. Darvozabon belidagi jarohat deyarli tuzalgan va yaqin kunlarda mashg‘ulotlarga qaytishi kutilmoqda. Klub shifokorlari uning tiklanish jarayoni yaxshi kechayotganini tasdiqlashgan.
Germaniya terma jamoasi murabbiyi Yulian Nagelsman va Germaniya futbol ittifoqi sport direktori Rudi Fyoller uning Jahon chempionatida o‘ynashi uchun muntazam o‘yin amaliyoti zarurligini ochiq aytishgan. Bu esa futbolchining yakuniy qaroriga sabab bo‘lishi mumkin.
Ter Shtegenning holatidan “Nyukasl”, “Tottenxem”, “Manchester Yunayted” va “Monako” kabi klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ular darvozabonning jismoniy tayyorgarligi va transfer qiymati bilan qiziqishmoqda.
Ter Shtegen “Barselona”ni tark etishga qat’iy qaror qilgan. U jamoaning hozirgi tarkibida Joan Garsiya va Voysex ensniy bilan raqobatda yetarli o‘yin vaqti ololmasligini tushungan. Shu bois, u qishki transfer oynasi ochilishi bilan yangi klubga o‘tishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, nemis darvozabonining “Barselona” bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Shuning uchun uning ketishi to‘liq transfer yoki ijara shaklida amalga oshishi mumkin. Kataloniyaliklar esa unga yanvarda ketish uchun ruxsat berishga tayyor.
Live
Barchasi