Termizda bankomatlar yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
02 iyun 8999 1 daqiqa
Bugun, 2 iyun kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida bankomatlarga o‘t ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 04:14 da 112 tizimi orqali Termiz shahri “Do‘stlik” MFY da joylashgan Biznesni rivojlantirish banki Termiz bank xizmatlari ofisiga qarashli 3 ta bankomatda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Xabarga ko‘ra, yong‘in joyiga 1-qutqaruv bo‘linmasidan 1 ta ekipaj soat 04:19 da yetib borib, yong‘in soat 04:20 da qurshab olingan va 04:28 da to‘liq bartaraf etilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy shahridagi ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar bo‘lmagan.
Live
BarchasiPashinyanning qushi uchmadi
03 iyun