Terrorizm indeksi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Bu qiziq

image

O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri deb topildi va terrorchilik xavfi bo‘yicha dunyoda 90-o‘rinni egalladi. Bu haqda Avstraliyaning Iqtisodiyot va tinchlik instituti tomonidan e’lon qilinadigan 2025 yilgi “Global terrorizm indeksi”da keltirilgan.

Xavfsizlik darajasi bo‘yicha O‘zbekiston bir qator g‘arb davlatlarini – AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ispaniyani, shuningdek, Rossiya, Xitoy, Tojikiston, BAA va Turkiyani ortda qoldirgan. Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston birgalikda 100-pog‘onadan joy olgan.

Hisobotda qayd etilishicha, dunyoda salbiy dinamika kuzatilmoqda. Xususan, hisobot davrida terrorchilik hujumlari qayd etilgan davlatlar soni 58 tadan 66 taga oshgan. G‘arb mamlakatlarida hujumlar soni 63 foizga ko‘paygan. Shvetsiya, Avstraliya, Finlyandiya, Niderlandiya, Daniya va Shveysariyada so‘nggi besh yildan ortiq vaqt ichida ilk bor terrorchilik hujumlari sodir bo‘ldi.

Germaniya Yevropada eng yomon ko‘rsatkich qayd etgan davlat bo‘lgan. Magdeburgdagi yarmarkaga qilingan hujum ortidan mamlakat 27-o‘rinni egallagan. Eng xavfli o‘n davlat qatoriga Burkina Faso, Poikston, Suriya, shuningdek, Isroil ham kirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 2025 yilgi Qonun ustuvorligi indeksida 0,50 ball to‘plagandi va 143 davlat orasida 81-o‘rinni egallagandi. Mamlakatlar reytingi sakkizta mezon asosida tuzilgan: hukumat vakolatlariga cheklovlar, korrupsiyaning yo‘qligi, hukumatning ochiqligi, asosiy huquqlarni himoya qilish, huquq-tartibot va xavfsizlik, qonun ustuvorligi, fuqarolik adolati hamda jiinoiy adolat.


Maqola muallifi

Teglar

Terrorizm indeksi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar