Toshkent aeroportida samolyotlar harakatiga cheklovlar kiritildi

Jamiyat

image

Bugun, 6 yanvar kuni Toshkent aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko‘rinish masofasi 700 m) tufayli samolyotlarning qo‘nishi va jo‘nab ketishiga ba’zi cheklovlar joriy qilindi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Centrum Air aviakompaniyasining Seul-Toshkent yo‘nalishidagi C6550 reysi va Air Samarkand aviakompaniyasining Jidda-Toshkent yo‘nalishidagi 9S3304 reyslari ekipajning toifasi o‘rnatilgan cheklovlarga mos kelmagani sababli samolyotlar Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent aeroportida qisman elektr uzilishi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Bu paytda ketish va kelish zallari zaxira dizel generatorlar va UPS yordamida elektr energiyasi bilan ta’minlangan.


Maqola muallifi

Teglar

tuman Toshkent aeroporti noqulay ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing