Toshkentda 4 ta samolyotga kuchli tuman sabab qo‘nishga ruxsat berilmadi
Jamiyat
−
09:50 1175 1 daqiqa
Toshkentda noqulay ob-havo, ya’ni kuchli tuman sabab 4 ta samolyot boshqa aerodromlarga qo‘ndirildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugun 18 fevral kuni Toshkent xalqaro aeroportida kuchli tuman holati kuzatilgan.
Qayd etilishicha, “Centrum Air” aviakompaniyasining Sankt-Peterburg-Toshkent yo‘nalishidagi C6422 reysi ekipaji Navoiy aeroportiga qo‘ndirilgan.
“Turkish Airlines” aviakompaniyasining Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi THY368 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromga yuborilgan.
Yana bir “Centrum Air” aviakompaniyasining Jidda-Toshkent yo‘nalishidagi C6322 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromga qo‘ndirilgan.
“Centrum Air” aviakompaniyasining Guanchjou-Toshkent yo‘nalishidagi C6512 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘nalishni o‘zgartirgan.
“Toshkent xalqaro aeroportida samolyotlar odatiy rejimda uchmoqda. Cheklovlar reyslarni qabul qilishga o‘rnatilgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent aeroportidagi noqulay ob-havo, ya’ni kuchli chaqmoq chaqishi sababli 3 ta reys boshqa aerodromlarga qo‘nishga majbur bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi