Toshkent gandbol bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda
Sport
−
20 avgust 1737 1 daqiqa
20 avgustdan 26 avgustgacha davom etadigan gandbol bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bugundan start oldi. Qit’aning eng kuchli 8 terma jamoasi nufuzli musobaqada g‘oliblik uchun bahs olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Musobaqa "Alpomish" muz saroyida o‘tkaziladi va Toshkent ilk bor bunday yirik gandbol chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi "A" guruhida Xitoy, Xitoy Taipeyi, Gonkong va Hindiston kabi raqiblar bilan to‘qnash keladi
Guruh bosqichi taqvimi:
1-tur: O‘zbekiston – Hindiston (20 avgust, 18:30)
2-tur: O‘zbekiston – Gonkong (21 avgust, 18:00)
3-tur: O‘zbekiston – Xitoy Taipeyi (24 avgust, 18:00)
4-tur: O‘zbekiston – Xitoy (25 avgust, 18:00)
Turnir nafaqat Osiyo chempionligini, balki kelasi yili o‘tkaziladigan U-20 jahon chempionati uchun saralash vazifasini ham o‘tab beradi. Demak, yarim finalga chiqqan jamoalar avtomatik tarzda mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Jahongir Boltaboyev
Live
Barchasi