Sirdaryoda psixatrop qahvani chegaradan olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Sirdaryoda tarkibida “Sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan ozdiruvchi qahvalarni 200 AQSH dollar evaziga chegaradan olib o‘tayotgan haydovchi to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Malik” chegara bojxona posti orqali mamlakat hududiga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Natijada yuklar orasida bojxona nazoratidan yashirilgan 8 va 10 grammlik paketchalarga qadoqlangan 3 turdagi kofe mahsulotlari bojxona xodimlarining diqqatini tortgan. Aniqlanishicha, 2258 dona mazkur biologik faol qo‘shimchalarni haydovchi 200 AQSH dollari evaziga bojxonadan olib o‘tayotgan bo‘lgan.

Markaziy bojxona laboratoriyasi ekspert xulosasiga ko‘ra, mazkur mahsulotlar tarkibida “Sibutramin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjudligi aniqlangan. O‘zbekistonda muomalasi cheklangan mazkur moddaning hattoki, yarim grammi ham jinoiy javobgarlikka olib keladi. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistondan Farg‘ona viloyatiga berib yuborilgan “pochta” ichida narkotik dorilar borligi aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo qahva psixatrop

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing