Toshkent viloyatida jinoiy guruh a’zolari ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida qimmatbaho metallarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida kriminogen vaziyatni sog‘lomlashtirish hamda qimmatbaho metallar noqonuniy savdosiga aloqador jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida Ohangaron tumani, Angren va Olmaliq shaharlarida tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilgan. 

Natijada 9 nafar fuqaroning yashash xonadonlaridan jami 17,5 tonna tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan qum va toshlar, ularga ishlov berishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, 135 g oltin, 25 g “marixuana” giyohvandlik vositasi, 1 dona ov quroli va 42 dona o‘q-dori protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. 

Hozirda ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 22 dona o‘q-dorini 1300 dollarga sotishga uringan 24 yoshli shaxs qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent jinoiy guruh noqonuniy savdo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing